Hukumatning 2026-yil 11-noyabrdagi 617-son qarori bilan «Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalaridagi nufuzli tanlovlar ğoliblarini, ularning öqituvçi va konsertmeysterlarini rağbatlantiriş hamda tanlovlarda iştirok etiş xarajatlarini qoplaş tartibi töğrisida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga köra, Madaniyat vazirligi tasdiqlagan röyxatga kiritilmagan xalqaro tanlovlar ğolib va sovrindorlari ham bir martalik pul mukofoti olişi mumkin. Buning uçun tanlov quyidagi mezonlarga javob berişi kerak:
Tanlovda 30 dan ortiq mamlakat vakillari iştirok etişi;
Tanlov haqida 20 dan ortiq mamlakatning ommaviy axborot vositalarida maʼlumotlar eʼlon qilinişi;
Tanlov YUNESKO yoki boşqa yirik xalqaro taşkilotlar tomonidan qöllab-quvvatlangan yoki tan olingan bölişi;
Kamida törtta saralaş bosqiçi mavjud bölişi.
Nufuzli xalqaro tanlovlar ğoliblari uçun pul mukofotlari:
Gran-pri - 300 mln söm;
1-örin - 300 mln söm;
2-örin - 200 mln söm;
3-örin - 100 mln söm.
Respublika tanlovlari ğoliblari uçun esa quyidagi mukofotlar belgilangan:
Gran-pri - 100 mln söm;
1-örin - 100 mln söm;
2-örin - 50 mln söm;
3-örin - 25 mln söm.
Şuningdek, tasdiqlangan nizomda tanlov ğoliblarining öqituvçilari va konsertmeysterlarini rağbatlantiriş, nufuzli tanlovlarda iştirok etiş bilan boğliq xarajatlarni qoplaş tartibi ham nazarda tutilgan.












