Barselonada qimmatbaho zargarlik buyumlarini öğrilaş bilan şuğullanadigan "Puşti panteralar" guruhining 5 a'zosi qölga olindi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.

Ispaniya politsiyasi jinoyatçilarni 5 avgustda ular zargarlik dökonini tunagandan keyin qölga olgan. Jinoyatçilar bir daqiqadan kamroq vaqt içida dökondan 400 ming yevrolik zargarlik buyumlarini olib çiqib ketişgan.

Jinoyatçilarning barçasi serb millatiga mansub.

Ta'kidlanişiça, öğrilar qölga olinişidan oldinroq Germaniya politsiyasi ispaniyalik hamkasblarini öğrilardan biri Belgraddan Barselonaga ötganini ma'lum qilgan.

Interpol saytidagi ma'lumotlarga köra, 1999 yildan 2015 yilgaça "Puşti panteralar" umumiy hisobda 334 mln yevrolik zargarlik buyumlarini öğrilaşgan. Ular jami 380 ta dökonga qurolli bosqinçilik uyuştirgan.

"Vikipediya"dagi ma'lumotga köra, xalqaro jinoiy tödaga bunday nomni şunday nomdagi komedik filmga monand Interpol bergan. Jinoiy tödaga Bosniya, Xorvatiya, Makedoniya, Çernogoriya va serbiyaliklar kiradi. Ular Şveytsariya, Yaponiya, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Monako, Lixtenşteyn va BAAdagi öğriliklarda gumon qilinib kelinadilar.

Ma'lumot uçun, "Puşti pantera" filmi Yaqin Şarq mamlakatlaridan biri podşohining qiziga tegişli "Puşti pantera" nomli olmosning öğrilanişi haqidagi komedik film bölib, 1963 yilda suratga olingan.