Ispaniyaning Toledo provinsiyasida ikkita tezyurar poyezd töqnaşdi. Hodisa oqibatida kamida 50 kişi halok bölgan va 179 kişi jarohatlangan. Madrid va Andalusiya örtasida poyezdlar harakati töxtatilgan, vokzallarda reyslar bekor qilinmoqda.

Joriy yil yanvar oyida ham Ispaniya janubidagi Kordova provinsiyasida yirik temiryöl avariyasi röy bergandi. Öşanda ham ikkita tezyurar yölovçi poyezdlar – Iryo kompaniyasining Malagadan Madridga harakatlangan sostavi hamda Renfe kompaniyasining Madriddan Uelvaga yöl olgan Alvia poyezdi töqnaşgandi. Öşanda 46 kişi halok bölgandi.

Kordovadagi poyezdlar töqnaşuvi Ispaniyada 2013-yildan buyon temiryöllarda röy bergan eng yirik avariya bölgandi. 13 yilda oldin Galisiyadagi Santiyago-de-Kompostela stansiyasida Alvia poyezdi relsdan çiqib ketgandi. Hodisa oqibatida 80 kişi halok bölib, yana 145 kişi jarohatlangandi.

Quyida temiryöl halokati oqibatlari aks etgan kadrlar.

Foto: Ismael Herrero / EPA / Scanpix / LETA
Töqnaşuvdan keyin Renfe va Iryo kompaniyalarining poyezdlari vagonlari relsdan çiqib ketgan
@1vanta3 via X / Anadolu / Getty Images
@1vanta3 via X / Anadolu / Getty Images
Ismael Herrero / EPA / Scanpix / LETA
Juanma J. Nez / ZUMA Press / Scanpix / LETA
Ismael Herrero / EPA / Scanpix / LETA