Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini 400 metrga kompleks usulda suzishdan boshlab muvaffaqiyatsizlikka uchragan, marraga eng oxirgi bo‘lib yetib kelgan o‘zbekistonlik Ra'noxon Amonova bugun ikkinchi startga chiqdi.

Tajribali suzuvchi bugun 200 metrga kompleks usulda suzish bo‘yicha saralash bellashuvlarida qatnashdi. Lekin u bu safar ham 2.18.97 ko‘rsatkichi bilan marraga oxirgi o‘rinda keldi (38).