Bu prezidentning 27-avgustdagi PF–175-son farmonida belgilandi. Hujjat 28-avgustdan kuçga kirdi.
Farmonga muvofiq, «Ikkinçi imkon» iqtisodiy amnistiyasi 2026-yil 31-dekabrga qadar amal qiladi va kiçik hamda örta tadbirkorlik subyektlarini qamrab oladi.
Unga köra, iqtisodiy amnistiya eʼlon qilinguniga qadar yuzaga kelgan soliq qarzi, penyani hisobga olmagan holda, 2026-yil 31-dekabrga qadar töliq tölansa, uşbu qarzdorlik böyiça hisoblangan penya hisobdan çiqariladi. Şuningdek, qarz bilan boğliq ijro işlari tugatiladi.
Mazkur tartibdan foydalaniş uçun tadbirkorlik subyektida 2027-yil 1-yanvar holatiga penyadan taşqari soliq qarzi qolmagan bölişi kerak.
Şuningdek, tadbirkor avval taqdim etgan soliq hisobotlariga mustaqil ravişda tuzatiş kiritib, qöşimça hisoblangan soliq summasini 2026-yil oxirigaça töliq tölasa, uşbu summaga nisbatan penya hisoblanmaydi.
Iqtisodiy amnistiya doirasida xatolarini mustaqil bartaraf etgan tadbirkorlarning Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingidagi ballari ham pasaytirilmaydi.
Bundan taşqari, 2026-yil 1-yanvarga qadar şakllangan ayrim qarzdorliklar hisobdan çiqariladi. Ular orasida soliq hisobotini öz vaqtida taqdim etmaganlik uçun qöllangan maʼmuriy jarimalarning tölanmagan qismi ham bor.
Tadbirkorlarga soliq qarzlarini penyasiz yopiş imkoni berildi
12:03 / 01.09.202610 3712 min
Özbekistonda kiçik va örta tadbirkorlik subyektlari uçun «Ikkinçi imkon» iqtisodiy amnistiyasi eʼlon qilindi. Unga köra, tadbirkorlar avval yuzaga kelgan soliq qarzini 2026-yil oxirigaça töliq tölasa, uşbu qarz böyiça hisoblangan penyalar hisobdan çiqariladi.












