Oliy Majlis Senatida Singapur Respublikasining katta vaziri Li Syan Lun iştirokida tadbir bölib ötdi.
Unda Özbekiston va Singapur örtasidagi munosabatlarning bugungi holati, parlamentlararo hamkorlikni rivojlantiriş, şuningdek, davlat boşqaruvi, taʼlim va inson kapitali sohalarida tajriba almaşiş masalalari muhokama qilindi.

Tadbirni oçib bergan Senat raisi Singapurning qisqa tarixiy davrda yuqori taraqqiyot darajasiga erişişida uzoq muddatli strategik islohotlar, qonun ustuvorligi, samarali davlat boşqaruvi va inson kapitaliga ustuvor eʼtibor muhim örin tutganini taʼkidladi.
Qayd etilişiça, Özbekiston va Singapur örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganiga qariyb 30 yil böldi. Sönggi yillarda ikki davlat rahbarlari örtasidagi muntazam muloqotlar özaro aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqdi. Parlament delegatsiyalarining taşriflari, qömitalar va parlamentlararo hamkorlik guruhlari örtasidagi aloqalar ham izçil rivojlanmoqda.

Şundan söng Li Syan Lun nutq sözlab, zamonaviy dunyoda keçayotgan jarayonlar, Osiyo mintaqasidagi taraqqiyot tendensiyalari va global tahdidlarga töxtaldi. U bunday tahdidlarga birgalikda javob qaytariş muhimligini qayd etdi.
Singapur katta vaziri Özbekiston va Singapur örtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollariga ham eʼtibor qaratib, davlat boşqaruvi, taʼlim, inson kapitali, innovatsiyalar va iqtisodiy taraqqiyot sohalarida tajriba almaşiş muhimligini taʼkidladi.

Uçraşuvda qonun ijodkorligi böyiça tajriba almaşiş, parlament faoliyatini raqamlaştiriş, davlat siyosati, taʼlim va yoşlar siyosati, şuningdek, zamonaviy kadrlar tayyorlaş yönalişlarida hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Maʼlum qilinişiça, Oliy Majlisda Singapur parlamenti bilan hamkorlik böyiça guruhning yangilangan tarkibi tasdiqlangan. Guruhning navbatdagi yiğilişida Li Syan Lun nutqida ilgari surilgan takliflarni muhokama qiliş rejalaştirilgan.














