Agar Nuvakot tumanidagi maktab direktori Rajendra Davadi bölmaganda, qurbonlar soni hozir ança köp bölişi mumkin edi. 

Davadi maktabda bölgan vaqtida döstlaridan suv toşqini boşlangani haqida xabar olgan, orada otalardan biri kelib mkatbadan qizini olib ketmoqçiligini aytgan. Direktor vaziyat öta jiddiyligini darhol tuşungan va evakuatsiyaga kirişgan. 

Öşa vaqtda maktabda 900 ga yaqin öquvçi bölgan, yana 700 nafar öquvçi esa darsga kelayotgan yoki maktabga yaqinlaşib qolgan avtobuslarda edi. Davadi tezda haydovçilarga qönğiroq qilib, avtobuslarni ortga qaytarişga erişgan. Maktabdagi öquvçilar esa xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan.

Davadi uning uçun döstining qönğiroği hal qiluvçi rol öynaganini aytadi.

“Agar biz 10 daqiqa keç qaror qabul qilganimizda, bugun, barçamiz - öquvçilar va men ham siz bilan gaplaşa olmasdik”, - deydi Davadi The Guardian bilan suhbatda.

Şunça odam qutqarib qolinganiga qaramay hozirda maktabning ikki nafar xodimi bedarak yöqolgan deya hisoblanmoqda. Ulardan biri öqituvçi Santos Pariyor bölib, u evakuatsiya qilinişni xohlamay, daryo böyida ijaraga olgan xonasiga ketgan va hozirgaça topilmagan. Qorovul Sulton Lama esa bolalar evakuatsiya qilinganidan söng maktab eşiklarini yopiş uçun borib, qaytib kelmagan.