"Hurmatli majlis iştirokçilari!

Biz Qirğizistonning Şanxay hamkorlik taşkilotiga raisligi davrida erişilgan samarali natijalarni yuksak baholaymiz, bugungi majlis kun tartibi va qarorlar loyihalarini qöllab-quvvatlaymiz.

Uşbu sammit ŞHT taşkil etilganining 25 yilligi nişonlanayotgan yilda bölib ötmoqda.

Hamkasblarimning ötgan çorak asr davomida uşbu taşkilot özining zarurligi va samaradorligini namoyon etdi degan fikrlariga töliq qöşilaman.

Taşkilot “Şanxay ruhi” tamoyillariga amal qilgan holda, teng huquqli muloqotni taʼminladi, mintaqaviy barqarorlik va mamlakatlarimizning barqaror rivojlanişiga kömaklaşdi.

Özbekiston ŞHT taşkil etilgan dastlabki kunlardan boşlab uning oçiq, bloklardan xoli va tinçliksevar hamkorlik platformasi sifatida mustahkamlanişini izçil qöllab-quvvatlab kelmoqda.

Biz hamkorligimiz markazida ŞHTning geografik va strategik özagi bölgan Markaziy Osiyo turganini alohida qadrlaymiz.

Hurmatli hamkasblar!

Uçraşuvimiz geosiyosiy böliniş, işonç taqçilligi ortib borayotgan, mojarolar keskinlaşayotgan va xalqaro huquq yemirilayotgan bir davrda ötmoqda.

Yaqin Şarqdagi vaziyatning rivoji alohida taşviş uyğotmoqda.

Biz mintaqada muloqotni qayta tiklaş va keskinlikni yumşatişning qatʼiy tarafdorimiz.

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

ŞHT oldida turgan eng dolzarb vazifalarga töxtalib ötmoqçiman.

Bugungi kunda nafaqat yuzaga kelayotgan muammolarni samarali hal etiş, balki uzoq muddatli istiqbolda Taşkilotni qanday holda körişni istaşimizni aniq tasavvur qilişimiz ham muhimdir.

Davlatlarimizning raqobatbardoşligi ularning salohiyatlarini birlaştiriş va birgalikda rivojlaniş uçun yangi imkoniyatlar yaratişga tayyorligiga töğridan-töğri boğliq.

Işonçim komilki, ŞHT mamlakatlarining ulkan insoniy, tabiiy, işlab çiqariş va intellektual resurslari, eng avvalo, xalqlarimiz farovonligini yuksaltirişga xizmat qilişi lozim.