Sport | 18:15 / 10.08.2016
9652
1 daqiqa o‘qiladi

Rio-2016, dzyudo. Sherali Jo‘rayev birinchi bellashuvida g‘alaba qozondi

Foto: Olympic.uz

O‘zbekiston vakillari Rio-2016 olimpiadasining beshinchi kunidagi bahslarga kirishdi.

Dzyudo bo‘yicha -90 kg vazn toifasidagi Sherali Jo‘rayev birinchi bosqichda jazoirlik Abdurahmon Benamadi qarshi tatamiga chiqdi.

Uchrashuvda jazoirlik sportchi sust harakati uchun 2 marta ogohlantirildi, oxirgi soniyalarda Sherali Jo‘rayevga ham bitta ogohlantirish berildi ("shido"). O‘zbekiston vakili kam ogohlantirish olgani evaziga keyingi bosqichga o‘tdi.

Sherali Jo‘rayev keyingi bosqichda shvetsiyalik Markus Niman bilan bellashadi. Unda bugunning o‘zidayoq medal olish imkoniyati bor.