Suriyaning Halabidagi şifokorlar AQŞ prezidenti Barak Obamaga 250 ming aholiga yordam berişni sörab murojaat qilişdi.

AQŞ prezidentiga yöllangan maktubni 29 şifokor imzoladi. Ularning ta'kidlaşiça, agar şaharga hujumlar şunday kuç bilan davom etsa, unda şaharda heç kim tirik qolmaydi. Ular Obamani şahar ustidan parvozsiz hududni kiritişga çaqirişdi.

"Biz köz yoşi, hamdardlik yoki duo qilişlarga muhtojmasmiz: biz Halabning şarqiy qismida bombardimonlardan xoli hudud kiritilişi hamda şahar yana qamal qilinmasligi uçun xalqaro kömakka juda ham muhtojmiz", deyilmoqda xabarda.

Avvalroq Rossiya Halabda gumanitar yordam olib ketayotgan avtokolonnalarning ötişi uçun uç soatlik gumanitar tanaffuslar kiritilişini e'lon qilgandi. BMTda bu muddat juda ozligi aytilib, 48 soatlik tanaffuslar kiritiş taklif qilindi.