Boş prokuratura huzuridagi Departament maʼlumotiga köra, tezkor tadbir uning Ğijduvon tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamkorligida ötkazilgan.

Tumandagi oilaviy poliklinika şifokori U.S. fuqaro Ş.R.ga öqiş joyidan akademik taʼtil olişi uçun tibbiy maʼlumotnoma tayyorlab berişni vaʼda qilgan. U buni poliklinikada yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlari orqali amalga oşirişini aytgan.

Xabarga köra, şifokor mazkur xizmat evaziga 500 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.