Yaponiya hukumati Şarqiy Xitoy dengizidagi uzoq hududlarning himoya darajasini oşiriş uçun Okinava prefekturasidagi Sakisima arxipelagidagi mobil raketa qurilmalarini işga tuşirişni rejalaştirmoqda.

Mahalliy "Iomiuri" gazetasining ma'lum qilişiça, yangi raketlarning kutilayotgan harakat radiusi taxminan 300 kilometrni taşkil qiladi, bu uzoq orollar himoyasi uçun yetarlidir. 

Mazkur loyiha xarajatlari 2017 moliya yili byudjyetiga kiritiladi (2017 yilning 1 aprelidan boşlanadi), mobil raketa platformalarini kengaytiriş esa 2023 yilga borib, töliq yakunlanadi. 

Uzoq orollar himoya darajasini kötariş loyihasi 2013 yilda qayta körib çiqilgan milliy xavfsizlikning yangi dasturiga kiritilgan edi, 2016 yilning aprelida esa ularni iqtisodiy qöllab-quvvvatlaş töğrisidagi qonun kuçga kirdi.