Xususiy kompaniya tomonidan işlab çiqilgan Xitoyning Kinetica-2 Y2 taşuvçi raketasi 18 ta sunʼiy yöldoşni belgilangan orbitalarga muvaffaqiyatli olib çiqdi. Uçiriş milliy past orbitali sunʼiy yöldoş internet tizimlarini keng miqyosda joylaştirişga xususiy aerokosmik korxonalarni jalb etişda muhim bosqiç böldi.

Raketani işlab çiqqan CAS Space kompaniyasi xabar berişiça, uçiriş 3-noyabr kuni Xitoyning şimoli-ğarbidagi Dunfen tijoriy kosmik innovatsiyalar tajriba hududidan amalga oşirilgan. Raketa Xitoyning «Syanfan» (Qianfan) sunʼiy yöldoş interneti loyihasi doirasida qutbiy orbitalarda joylaştirilayotgan sunʼiy yöldoşlarning navbatdagi, 21-partiyasini orbitaga yetkazdi.

Bu Kinetica-2 raketasining ikkinçi parvozi hamda yirik internet tarmoği uçun köp sonli sunʼiy yöldoşlarni orbitaga olib çiqiş böyiça birinçi missiyasi böldi. Uçiriş Xitoy xususiy tijoriy kosmik sektorining milliy kosmik infratuzilma loyihalarini amalga oşirişdagi imkoniyatlari ortib borayotganini körsatdi.

Kinetica-2 raketasini yaratiş dasturi rahbari va boş konstruktori Yan Xaolyan Xitoyning past orbitali sunʼiy yöldoş interneti dasturi apparatlarni jadal joylaştirişning muhim bosqiçiga kirganini bildirdi. Sunʼiy yöldoş tizimlarini barpo etiş surʼati tezlaşgani sayin mamlakatning kosmik apparatlarni uçiriş xizmatlariga ehtiyoji sezilarli darajada ortib bormoqda.

CAS Space kompaniyasi işlab çiqqan Kinetica-2 raketasi 500 kilometr balandlikdagi Quyoş-sinxron orbitaga 8 tonnagaça, 200 kilometr balandlikdagi past Yer orbitasiga esa 12 tonnagaça foydali yuk olib çiqa oladi. Bunday körsatkiçlar raketadan köplab sunʼiy yöldoşlarni orbitaga joylaştiriş va yuklarni koinotga kam xarajat bilan yetkaziş uçun foydalaniş imkonini beradi.

Şanhay hukumatining rasmiy saytida eʼlon qilingan xabarga köra, Xitoyning «Syanfan» sunʼiy yöldoş interneti tarmoğidagi past orbitali keng polosali aloqa sunʼiy yöldoşlari soni 256 taga yetgan. 2026-yil oxirigaça yana 68 ta apparatni uçirib, ularning umumiy sonini 324 taga yetkaziş rejalaştirilgan. Bu tizimdan tijoriy foydalanişni boşlaş uçun zamin yaratişi kerak.