Ohayoda 7 yoşli bola yegulikka pul topiş maqsadida özining öyinçoğini sotmoqçi böldi. Bu haqida CNN xabar berdi.
"Politsiya mahkamasiga noma'lum kişi kelib, qölida kuçuk (öyinçoq) kötarib olgan bolaning yolğiz yurgani haqida ma'lum qildi", - dedi Franklin politsiyasi xodimi Stiv Dunham.
Ofitserlar aytilgan joyga kelişganida Dunham dorixona yonida turgan bolani körib qoldi va u bilan gaplaşiş uçun maşinadan tuşdi.
"Men qandaydir köngilsizlik yuz berdi deb öyladim", - dedi u. "U esa qorni juda oçligini va şu bois yegulik uçun pul topişga harakat qilayotganini aytdi".
Politsiya boşliği Russ Uitmen bola bir neça kun davomida tuz totmaganini aytdi.
Dunhan bolani olib, restoranga bordi va u bilan birga ovqatlandi. Qolgan xavfsizlik xodimlari esa uning uyiga yöl olişdi.
Bola yaşaydigan uyga yetib kelgan politsiya xodimlari uyning "bir ahvolda" ekanligini va u yerda boşqa bolalar ham borligiga guvoh bölişdi. Uyning içida çiqindi va spirtli içimliklar butilkalari yoyilib yotganligi yetmagandek, hamma yerdan muşuk axlatining hidi kelardi.
Bu uyda köçada topilgan boladan taşqari yana 11, 12, 15 va 17 yoşdagi boşqa bolalar ham yaşaşi ma'lum bölgan. Leytenant Brayan Pasifikoning sözlariga köra, bolalarning ota-onasi öz ayblarini tan olişmagan.
Vasiylik organi vakillari bolani olib ketişi uçun oilaning boşqa bir a'zosi bilan boğlanişdi.
Franklin politsiyasining ma'lum qilişiça, bolaning ota-onasi hibsga olinmadi, ammo bolalar hozirça qarindoşlar qaramoğida böladi.
Uitmenning sözlariga köra, bu oilaga moliyaviy yordam beriş uçun Franklindagi Muqaddas Mariya çerkovida pul yiğiladi.
Franklin Ohayo ştatining janubi-ğarbida joylaşgan.











