Universitet xabariga köra, Jetson ONE politsiya xodimlariga oddiy patrul avtomobilida boriş qiyin bölgan joylarga yetib oliş imkonini berişi kutilmoqda. «Uçar elektromobil» deb taʼriflanayotgan bu texnika uçuvçi boşqaradigan elektr letatel apparatidir.
Kaliforniyada joylaşgan Jetson kompaniyasi apparatni oliş uçun uç yillik navbat mavjud bölişiga qaramay, universitet buyurtmasini bajarişni tezlaştirgan.
Kompaniya boş direktori Stefan Dʼxayenening aytişiça, universitetning muhandislikka ixtisoslaşgani va jamoat xavfsizligi sohasidagi vazifalari loyihani ustuvor deb belgilaşga asos bölgan.
Jetson şu paytgaça asosan hordiq çiqariş maqsadida parvoz qiluvçi xaridorlarga eʼtibor qaratib kelgan. Endi kompaniya texnikasidan amaliy vazifalarda foydalaniş imkoniyatlarini ham örganmoqçi. Universitet politsiyasi bilan loyiha apparatning xizmat şaroitidagi imkoniyatlarini baholaşga yordam berişi kutilmoqda.
Jetson ONE sakkizta elektr dvigateli bilan jihozlangan. Işlab çiqaruvçi maʼlumotiga köra, u soatiga 100 kilometrgaça tezlikda uça oladi va havoda taxminan 20 daqiqa qolişi mumkin.
Apparatning akkumulyatorlar bilan birga oğirligi qariyb 115 kilogrammni taşkil etadi. Unda ballistik paraşyut va avtomatik qöniş funksiyasi ham mavjud.
Loyiha şaxsiy elektr uçiş apparatlaridan köngiloçar parvozlardan taşqari, patrullik va favqulodda vaziyatlarga javob beriş kabi vazifalarda foydalaniş imkoniyatini sinab körişga qaratilgan.

















