Vazirlik matbuot xizmatining bildirişiça, dastlabki örganişlar davomida voqea 2026-yil 11-noyabr kuni sodir bölgani aniqlangan.

Öşa kuni markaz bölimining xöjalik bekasi ertalab soat 07:20 da işga kelib, tozalikni nazorat qiliş çoğida yölak devorlarida oyoq izlari qolganini körgan.

Şundan söng devorlarda oyoq izlari qolişiga sababçi bölgan bolalar tozalaş işlariga jalb qilingan.

Soğliqni saqlaş vazirligi uşbu holat yuzasidan işçi guruh tuzgan. Örganişlar yakunlariga köra, holatga yöl qöygan xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda tegişli çoralar körilişi maʼlum qilindi.

Vazirlikning qöşimça qilişiça, Respublika bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi 2026-yil mart oyidan faoliyat yuritmoqda.

Muassasa 18 yoşgaça bölgan bemorlarga asab tizimi, ortopediya, nafas yöllari va oşqozon-içak kasalliklari böyiça reabilitatsiya xizmatlarini körsatişga ixtisoslaşgan.

Markazning içki tartibiga muvofiq, bemorlar har kuni ertalab yuvintiriladi, tana harorati ölçanadi va boşqa zarur tibbiy muolajalar ötkaziladi.

Hozirça holatga aloqador xodimlarga nisbatan qanday çoralar qöllanişi maʼlum qilinmagan.