Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada ayollar örtasida 100 metrga yuguriş musobaqasida tarixda birinçi marta Saudiya Arabistoni vakilasi Kariman Abu Al-Jadoyil ham iştirok etdi. Sportçi marraga yettinçi bölib keldi va final bahsiga çiqa olmadi. Biroq şunga qaramay, uning nomi tarixga bitildi, çunki avval 100 metrga yuguriş bahslariga arab ayollari qöyilmagan. 

Riodagi musobaqalarga Saudiya Arabistonidan 4 nafar sportçi ayol qöyilgan. Ular yuguruvçilar Sora Al-Attor va Kariman Abu Al-Jadoyil, dzyudoçi Vujud Fahmiy, qiliçboz Lubna Al-Umayr. Riodagi Olimpiada saudiyalik ayol sportçilar iştirok etayotgan ikkinçi Olimpiadadir. Birinçi marta bunday imkoniyat 4 yil avval London Olimpiadasida tadqim qilingan. Londonda Saudiya Arabistonidan 2 nafar ayol sportçi iştirok etgandi.  

Xalqaro Olimpiya qömitasi saudiyalik ayol sportçilarga maxsus taklifnoma yuborgan.

Yaqinda Saudiya Arabistonida ayollar bilan boğliq yana bir muhim voqea yuz berdi: birinçi marta ayol kişi yuqori sport lavozimiga tayinlandi. Bunday baxtga malika Rima bint Bandar Al-Saud muyassar böldi.