Rossiya FXX maxsus topşiriqli kuçlari Sankt-Peterburg şahrining Kirov tumanida Şimoliy Kavkazdagi jangari guruhlarga mansub qurollangan şaxslarga qarşi maxsus amaliyot ötkazdi.


"Fontanka" naşri yozişiça, mahalliy vaqt bilan soat 10:30da guvohlar Lenin şoh köçasi yoqasidagi kvartallardan birini FXXning maxsus topşiriqli xodimlari örab olgan. Mavzedan çiqiş ham, unga kiriş ham töxtatilgan. Hududda otişma ovozlari eşitilgan.

Soat 12:00da maxsus binoning 10 va 11-qavatlariga kötarilib, qölga oliş amaliyotiga kirişgan. Granatalar portlagan.
Bu jarayonda maxsus kuçlarning bir xodimi jarohatlangan.

Ma'lum qilinişiça, bu amaliyot Qabardin-Bolqor respublikasi maxsus xizmatlaridan olingan ma'lumot asosida ötkazilgan.
Soat 12:41da maxsus amaliyot yakunlangan.
RIA "Novosti" agentligining huquq-tartibot organlaridagi manbasiga asoslanib xabar berişiça, amaliyot vaqtida 2 jangari öldirilib, yana 2 jangari qölga olingan.

Hududni örab olgan harbiylar qaytarilgan va mavze aholisi pasport asosida uylarga kiritilişi boşlangan.













