Rossiya harbiy samolyotlarining Hamadon aerodromidan parvoz qilişi, ikkinçi jahon uruşi davridan beri Eron hududi orqali amalga oşirilgan ilk xorijiy jangovar amaliyot böldi, deb yozmoqda The New York Times.
Rossiya mudofaa vazirligi, Tu-22M3 va Su-34 bombardimonçi samolyotlari aynan Eronda joylaşganini tasdiqladi. Harbiy samolyotlar Hamadon aerodromidan havoga kötarilib, IŞID manzillariga raketa zarbalari berdi. Bundan avval, Rossiya HKK Suriyaning Hmeymim bazasidan parvozlarni amalga oşirib, terrorçilarni nişonga olgan edi.
Amerikalik mulozimlarning aytişiça, Rossiya va Eronning harbiy sohadagi hamkorligi ular uçun yangilik emas, ammo Rossiya samolyotlarining aynan Eron aerodromidan parvoz qilişi Oq uy uçun kutilmagan holdek taassurot uyğotmoqda, deyiladi maqolada.
"Fikrimça, biz ular (Rossiya va Eron)ning nima qilmoqçi bölayotganini tuşunmoqçimiz", — degan Davlat departamenti rasmiy vakili Mark Toner.
Rasmiy Moskva Tehron bilan kelişuvga erişgani bois, Suriyadagi jangovar harakatlar sahnasida öziga xos ustunlikni qölga kiritdi va zarbalar sonini oşirdi, deb qayd etgan gazeta.
Siyosatçilarning fikriça, yangi kelişuvlar Rossiyaning Yaqin şarq mintaqasidagi siyosiy ta'sirini yanada kengaytiradi. Tarixçilar va harbiy ekspertlar, öz navbatida, şu paytga qadar uşbu ikki davlat örtasida bunday qalin harbiy hamkorlik kuzatilmaganiga urğu berişmoqda.
"Bunday holat, hatto podşohlik davrida ham kuzatilmagan (gap Eronning oxirgi şohi Muhammad Rizo Pahlaviy tuzumi haqida bormoqda, öşanda sobiq Ittifoq va Eron köplab sohalarda hamkorlik qilgan edi)", — deya hikoya qilgan Amerikaning sobiq diplomati, hozirda AQŞ harbiy-dengiz akademiyasi professori Jon Limbert.
Ammo, barçasi taktik ustunlikda ham emas, albatta. Eron aviabazasida Rossiya samolyotlarining paydo bölişi Rossiyaning boşqa bir keng qamrovli rejasining bir qismi ham bölişi mumkin. Xususan, Kreml ma'muriyati Suriya böyiça yangi koalitsiya barpo etib, uning asosini taşkil eta oladi. NYT naşrining ta'kidlaşiça, e'tiborli jihati şundaki, bu xabar rasmiy Moskva va Anqara munosabatlarining yaxşilangani va IŞIDga qarşi kuraş borasida Rossiya-Amerika muloqoti davom etayotgani töğrisidagi yangiliklardan söng, oçiq osmonda çaqmoq çaqnagandek böldi.
"Öylaşimça, Rossiya Moskva va Tehron hamkorligidan kengroq bölgan koalitsiyani taşkil etişga urinmoqda. Va bu, uning Ğarb bilan muzokaralarida dalda bölişi şubhasiz", — deydi Rossiya xalqaro masalalar böyiça kengaşi boş direktori Andrey Kortunov.
Rossiya-Eron hamkorligining yangi bosqiçga çiqişi, Vaşington Suriya osmonida parvozlarni taqiqlamaslik bilan katta startegik xatoga yöl qöymadimikan?, degan savolni kun tartibiga çiqaradi. Bunday hududlarning yöqligi, Moskvaga Suriya kampaniyasiga qöşiliş hamda alaloqibat Vaşington uçun harakatlanişni çeklaşiga imkon berdi, deb xulosa qiladi maqola muallifi.












