AQŞ Davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbi matbuot-anjumanida Tehronga AQŞ tomonidan naqd pul körinişida tölangan 400 mln dollar hamda Eron va AQŞ fuqaroliklariga ega bölgan 4 nafar mahbusning ozod qilinişi örtasida boğliqlik borligini tan oldi.. "Biz 400 mln dollarni mahbuslar ozod etilmagunça tölamaganmiz", deb aytgan Kirbi. Şu tariqa, AQŞ ma'muriyati bu pullardan amerikaliklarni ozod qiliş uçun foydalanganini birinçi marta rasman tan oldi. Kirbining aytişiça, AQŞda Eron mahbuslar bilan almaşişdan boş tortişi mumkinligidan xavotir bölgan.

Avgust boşida The Wall Street Journal naşri Vaşington Eron tomonidan 7 nafar eronlikni ozod qiliş uçun Tehronga 400 mln dollar pul tölaganini ma'lum qilgandi. Biroq AQŞ prezidenti Barak Obama bu pullar Tehron ötgan asrda harbiy texnika sotib oliş uçun AQŞga tölagan pullar ekanligini aytgan.