Yarim amerikalik (57 foiz) mamlakat prezidentlik saylovida Hillari Klinton va Donald Tramp nomzodidan birini tanlaşga norozi bölgan. Bu haqda ABC telekompaniyasi va Washington Post gazetalari hamkorlikda uyuştirgan sörovnoma natijasida ma'lum qilingan.

Sörovda iştirok etgan 35 foiz qatnaşçi Tramp va Klinton örniga boşqa nomzodga ovoz beriş istagini bildirgan. Sörov iştirokçilari ular örniga saylovlarda qatnaşgan, söngra poygadan çiqib ketgan demokrat Berni Sanders  va respublikaçi Ted Kruzlarga ovoz berişni istaşgan.

Telekanalning ma'lum qilişiça, AQŞ prezidentligiga ikki mustaqil nomzod - Geri Jonson va Jil Staynlar ham da'vo qilişmoqda. Sönggi ma'lumotlarga köra, Jonsonga 8 Staynga 4 foiz amerikalik ovoz bergan.