Bugun tongda Rio-de-Janeyroda keçgan XXXI yozgi Olimpiya öyinlarining yopiliş marosimi bölib ötdi. Marosim Marakana stadionini töldirgan muxlislar qarşisida va kuçli yomğir ostida ötkazildi.



Olimpiya maş'alasi.

Taqdimotda qadimgi odamlar çizgan qoyatoş yozuvlari ham namoyiş etildi.

Iştirokçilar yonadigan krossovkalar bilan muxlislarni hayratga solişdi.

Stadionda Rio Olimpiadasidagi eng yodda qolarli voqealar rolik sifatida namoyiş etildi. Braziliyaliklar uçun, ayniqsa, futbol musobaqasi finalidagi Neymarning goli xuş keldi.

Yopiliş marosimida odatga köra marafonçilarga medallar topşirildi.

Tokio-2020 yilgi Olimpiya öyinlarining 11-daqiqalik kiçik taqdimoti bölib ötdi. Rolikda suziş böyiça 2 karra Olimpiada çempioni Kosuke Kitadzima iştirok etgan. Rolik “Tokioda uçraşugunça” sözlari bilan yakunlandi. Söngra XOQ prezidenti Tomas Bax Olimpiya bayroğini Tokio meriga topşirdi.
“Olimpiya-atletlari ajoyib çiqişlarni namoyiş qilişdi. Siz sportning bor kuçini körsatib, barçaga “Dunyoda tinçlik hukmron bölişi kerak” degan xabar yubordingiz.
Riodagi 16 olimpiya kunidan söng Öyinlarni yopiq deb e'lon qilaman. Barça yoşlarni Tokio-2020 Olimpiadasini kutib olişga çaqiraman. Rio, uçraşgunça!”, – XOQ prezidenti Bax.












