Jahon | 14:47 / 24.08.2016
7759
2 daqiqa o‘qiladi

Italiyadagi zilzila qurbonlari soni ortib bormoqda

Italiyaning markaziy qismida 24 avgust kuniga o‘tar kechasi ro‘y bergan zilzila qurbonlari soni 24 kishiga yetdi. Shuningdek, 100dan ortiq kishi jarohatlangan. Tabiiy oftdan Latsio va Marke viloyatlari eng ko‘p zarar ko‘rgan. Qurbonlar soni ortishi istisno qilinmagan. Bu haqda RaiNews24 telekanalida ma'lum qilindi.

Bundan oldingi xabarlarda qurbonlar soni 14 nafarni tashkil qilayotgani aytilgandi.

Zilzila Italiya markazida mahalliy vaqt bilan 03:36 (Toshkent vaqti bilan 06:36)da sodir bo‘ldi. 6,1 magnitudali yer silkinishi episentri Reti provinsiyasida 10 km chuqurlikda joylashdi.

Amatriche shahri meri zilzila oqibatida shaharning yarmi vayron bo‘lgani haqida ma'lum qildi.

Oradan bir soat o‘tib Umbriya viloyati hududida yana bir 5,4 balli zilzila qayd etildi. Zilzila kuchi ko‘plab shaharlarda, jumladan Rim va Bolonyada ham sezilgan.

Ko‘plab shaharlarda binolar, yo‘llar va ko‘priklarning shikastlangan. Tabiiy ofat hududida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi ko‘plab tumanlarga yetish qiyin bo‘lganligi tufayli qiyinlashmoqda.

Mahalliy Qizil xoch rahbariyati zilzila hududida gaz sizib chiqqanini ma'lum qildi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid