Italiyaning Komo şahri meri Alessandro Rapineze elektrovelosiped uni urib yuborganidan söng şaharning tarixiy markazida velosipedda yurişni taqiqladi.

Xabar qilinişiça, sentyabrdan boşlab şahardagi 30ga yaqin köçada velosiped haydaş taqiqlanadi. Velosipedçilar uşbu hududlarda velosipedini yetaklab, piyoda yurişlariga töğri keladi. 

Uşbu qaror mahalliy aholi noroziligiga sabab böldi. Faollar taqiq bekor qilinişi uçun imzo yiğişni boşlab yuborişdi. Velosipedçilar esa sentyabr örtalarida velosipedda yuriş taqiqlangan köçalarda norozilik marşini ötkazişmoqçi.

«Meni elektrovelosiped urib yuborgani uçun uşbu qarorni çiqarganlikda ayblaşyapti. Bu şubhasiz töğri. Odam öz tajribasidan kelib çiqib harakat qiladi va men bu ablahlardan biri urib ketişi qanday bölişini yaxşi bilaman», - dedi Rapineze.

Iyun oyida mer şahar ma’muriyati binosidan çiqib kelayotganida uni elektrovelosiped urib yuborgan va qoçib ketgan. 

Rapineze uşbu taqiqni turistlar gavjum joylarda xavfsizlikni ta’minlaş zarurati bilan izohladi. Çeklov oddiy velosipedlarga ham, elektrovelosipedlarga ham birdek taalluqli böladi.