22 avgustda Fransiya prezidenti lavozimiga saylovlarda iştirok etiş istagini bildirgan, mamlakatning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozining prezident lavozimiga qaytişiga 79 foiz fransuzlar qarşi çiqişmoqda. Bundan Elabe kompaniyasi tomonidan ötkazilgan sörovnoma natijalari guvohlik bermoqda.

Tadqiqot ma'lumotlariga köra, respondentlarning 54 foizi heç qanday vaziyatda Sarkozini davlat rahbari etib saylamasliklarini, 25 foiz respondentlar esa buni unçalik istaşmayotganlarini aytişgan.

Şu bilan birga sörovnomaning 21 foiz iştirokçisi Sarkozini qöllab-quvvatlab çiqdi, ulardan 9 foizi unga "şubhasiz" ovoz berişlarini aytişgan.

Qiziqarlisi, öng va sentristlar tarafdorlarining köpçiligi – 54 foizi Sarkozini qöllab-quvvatlaşmayapti va uning örniga Bordo şahri meri Alen Jyuppenni xuş körişmoqda.

Frantsuzlar Sarkozining şaxsiy sifatlari borasida uning qat'iyatliligi (73 foiz), harakatçanligi (67 foiz) va mardligini (54 foiz) qayd qilib ötişgan. Şu bilan birga 27 foiz respondentlargina Sarkozining halolligini qayd qilib ötişdi.  

Sörovnoma 22-23 avgustda ötkazilgan va unda 1000 respondent qatnaşgan.

Sarkozi Fransiya prezidenti lavozimini 2007-2012 yillar davomida egallagan. U birinçi muddati yakunlangandan keyin navbatdagi prezidentlik saylovlarida qatnaşgan, biroq 2-bosqiçda Fransua Ollandga yutqazib qöygan.