24 avgustga o‘tar kechasi Italiyaning markazida yuz bergan zilzilada kamida 120 kishi halok bo‘ldi, deb ma'lum qildi Italiya bosh vaziri Matteo Rentsi.
Rentsining ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila markazi yaqinida joylashgan Akkumoli va Amatriche shaharlarida ayni vaqtda 368 kishi jarohat olgan.







