Hozirgi paytda jahonda keçayotgan global siyosiy jarayonlar, turli manfaatdor kuçlarning öz maqsadlari yölida olib borayotgan geosiyosiy öyinlari oqibatida mustaqillik yöliga ötgan yoş mamlakatlarning tinçligi va xavfsizligi katta xatar ostida qolyapti. Ayniqsa, xalqaro siyosatda din omilidan foydalanişga urğu berilayotgani bu xatarni yanada kuçaytirmoqda. Muxoliflarimizning dinning asl mohiyatini buzib körsatiş, undan öz manfaatlari va qabih rejalari yölida foydalanişga urinişlari tobora avj olyapti. Ğarb davlatlarining axborot maşinalari tinimsiz ravişda afkori ommaga Islom dinini buzğunçilik, qotillik, vahşiylik, terror dini deya körsatişga harakat qilyapti. Şu jihatdan ham jamiyat oldida odamlarning «dinning ma'naviy qadriyatlari bilan, şiorlardan, xususan Islomni qayta tiklaş şioridan foydalanayotgan muayyan kuçlar közlayotgan, dinga aloqasi bölmagan siyosiy va boşqa tajovuzkor maqsadlar örtasidagi farqni tuşunib olişlariga erişiş» zarurati tuğildi.
Bu ğarazli harakatlar ta'siridan mintaqamiz ham çetda qolayotgani yöq. Keyingi paytlarda Markaziy Osiyo hududida ham ayrim diniy-siyosiy va ekstremistik kuçlar dinni siyosiylaştirişga, şu yöl bilan odamlar, xususan yoşlar ongiga ta'sir ötkazişga zör berib intilişmoqda. “Alloh qalbimizda, yuragimizda” kitobida aytib ötilganiday, «bu yovuz kimsalar hali ongi şakllanib ulgurmagan, tajribasiz, ğör yoşlarni öz tuzoğiga ilintirib, boş-közini aylantirib, ulardan özlarining iflos maqsadlari yölida foydalanmoqda. Bu esa Islomning insonparvarlik ğoyalarini obrösizlantirişga sabab bölmoqda». Bunday qabih xatti-harakatlarning mamlakatimiz tinçligi va osoyiştaligiga raxna solişi, milatlararo va dinlararo birdamlikka putur yetkazişi, odamlarni bir-biriga qarşi bölgan turli guruhlarga bölib taşlaşi, ular orasida fitna va buzğunçilik ğoyalarini yoyişi bugun kunday ravşan bölib turibdi.
Bunday keng miqyosli va puxta öylangan xurujlarga nisbatan qanday omillarni qarşi qöyiş mumkin? Buning uçun, eng avvalo, odamlarimizga sof diniy manbalar asosida taşqi kuçlarning din omilidan öz manfaatlari yölida foydalaniş uçun olib borayotgan harakatlari mohiyatini oçib beriş kerak. Islom dini zöravonlik, qon tökiş yoki buzğunçilikka tarğib qilmasligi, aksinça, bu din tinçlik, insonparvarlik, kengbağirlik, ezgulik dini ekanini keng tuşuntiriş lozim böladi. Aslida bu din har qanday zulm, qotillik, birovga ozor yetkazişdan butunlay xoli, eng gözal va ezgu amallarni bajarişga çaqiruvçi sof e'tiqoddir.
Mana şu jihatdan olib qaraydigan bölsak, imon va kufr masalasi ham Islomdagi eng nozik, ahamiyatli masalalardandir. Bir insonning musulmonlik da'vosida qançalik rostgöy ekani yolğiz Parvardigorgagina ayon. Şuning uçun ham, ötmişdagi köplab buyuk allomalarimiz, mutafakkirlarimiz özlariça faraz qilişdan saqlanişgan, muayyan bir şaxsni kofirga hukm qiliş borasida juda ehtiyotkor bölişgan.
Mavzuga oid
Ammo bugunga kelib buyuk ajdodlarimiz an'analari unutildi, bir-ikki kitobni öqib olib özini mujtahid sanaydigan, kişilarni bölar-bölmasga kofirga çiqaradigan oqim va firqalarning vakillari paydo böldi. Bunday oqim va firqalar (masalan, “Al-hijra vat-takfir”, “Ixvanul-muslimin” kabi) imon va kufr masalalarida öta jur'atli bölib ketişgan. Islomni hali çuqur örganmagan, yetarli bilim olmagan ba'zi yoşlarimiz ularga kör-körona ergaşib, zalolat va johillik yöliga kirib ketişmoqda. Şu örinda «Nega şunday bölyapti», «Ularning xatosi nimada», «Muammoning yeçimi bormi» degan savollar tuğilişi tabiiy. Uşbu maqolamizda ana şu savollarga javob topişga harakat qilamiz.
Alloh taolo Öz bandalarini sözlarning eng gözaliga, foydalisiga ergaşişga çaqiradi: “Bas, (ey Muhammad), Mening şunday bandalarimga xuşxabar beringki, ular gapni tinglab, söng uning eng gözaliga ergaşadilar. Aynan öşalar Alloh hidoyat etgan zotlardir va aynan öşalargina aql egalaridir” (Zumar surasi, 17 18-oyatlar). Muhammad alayhissalomdan rivoyat qilingan hadisi şariflarda ham insonlar yaxşi amallar qilişga, yomonliklardan qoçişga çaqiriladi: “Musulmon kim – uning qöli va tilidan heç kim ziyon körmagan kişi. Mömin kim – boşqalarning moli va joniga tajovuz etmaydigan kişi. Muhojir kim – gunoh va ma'siyatlarni tark etgan kişi. Alloh yölida mujohid kim – nafsiga qarşi kuraşişga kirişgan kişi”; “Ummatim heç qaçon zalolatli işlarda birlaşmaydi”; “Insonlarga yaxşilikni örgatuvçi kişiga Alloh taolo, Uning fariştalari, osmon va Yer ahllari, hatto uyalardagi çumoliyu dengizdagi baliqlar ham salavot aytadi”.
Dinimizning ana şu körsatmalaridan çekinib, adaşgan firqalarga ergaşib ketgan yoşlarimiz johilliklari, dinning asl mohiyatini anglab yetmaganlari oqibatida imon va kufr masalasida bir neça xatolarga yöl qöyişadi. Keling, ana şu xatolarni batafsil körib çiqaylik:
Bizningça, ular yöl qöyayotgan xatolarning birinçisi yuqoridagi masalaga yengil-yelpi qaraş, bunda şoşma-şoşarlik qilişdir. Biror şaxs yoki butun boşli jamiyatni kufrda ayblaş yoki kofirga çiqariş öta qaltis iş bölib, bunga kör-körona munosabatda böliş yaramaydi. Çunki buning ortida kufrga çiqarayotgan yoki çiqarilayotganlardan biri uçun dahşatli oqibat yotibdi. Imom Buxoriy Abu Hurayradan (roziyallohu anhu) rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bunday deganlar: “Kişi öz birodariga «ey kofir!» desa, (kufr) ikkisidan biriga qaytadi”. Hadisdan körinib turibdiki, özgani kofirga çiqariş oddiy haqorat sözi emas, aksinça, birovning taqdiriga aralaşib, öz oxiratini boy berib qöyiş ehtimolini tuğdirişi mumkin bölgan xatarli masalalardan biri ekan. Şuning uçun ham hanafiy mazhabi ulamolari boşqa mazhablarning olimlariga qaraganda “takfir” (kufrda ayblaş, kofirga çiqariş) masalasiga köproq ahamiyat berişgan. Bu haqda yozilgan asarlarning birinçisi misrlik olim, hijriy 768 yili vafot etgan Muhammad ibn Ismoil ibn Mahmud Badr Raşid Raşidiy qalamiga mansub bölsa, uning «Kufr sözlar» nomli mazkur asariga birinçi bölib hanafiy olimlardan alloma Aliyyul Qoriy mufassal şarh yozgan.
Xatolarning ikkinçisi Alloh buyurmagan işlarga vaqtni behuda sarf etişdir. Musulmon kişining dunyo va oxiratda öziga naf beradigan amallar bilan şuğullanişi maqsadga muvofiqdir. Qiroat ilmining maşhur imomlaridan Imom Şotibiy bunday deydi: “Şariatda e'tirof etilgan ilm, ya'ni Alloh va Uning Rasuli maqtagan ilm – bu amal qilişga undovçi ilm bölib, u öz egasini xohiş va istaklarga ergaşuvçi emas, balki ilmiga muvofiq yuruvçi qiladi”. “Takfir” esa, heç kimga foyda bermaydigan, aksinça zarariga hujjat böladigan manfaatsiz işlardandir.
Axir, Alloh taolo bizlarni biror şaxs yoki jamiyatning kamçiliklarini izlaşga, uni kofirga çiqariş uçun umr böyi hujjat töplaşga buyurmaganku! Bu haqiqatni har kim aqida ilmi ustozlaridan aniqlab olsa böladi. Açinarlisi şundaki, bu kabi işlar bilan şuğullanib yurgan yoşlarning aksari imonning eng muhim masalalari, namoz, röza, zakot kabi ibodatning asosiy şartlari borasida yetarli ilmga ega emaslar. Ular hatto Qur'onning eng qisqa suralarini tajvid qoidalariga binoan öqib bera olişmaydi, hadisning asl matnlariga «tişlari ötmaydi».
Uçinçi xato bu kabi nozik masalalarga hali ularning şartlarini mukammal ravişda özlaştirmay turib kirişib ketişdadir. «Kufr» sözi, yuqorida ta'kidlab ötganimizdek, istalgan paytda, duç kelganga qarata aytib yuboriladigan söz emas. Buni imonli musulmonga nisbatan qöllaş yengiltaklik, kaltabinlik va johillikdan boşqa narsa emas. Islom tarixida bunday işga ilk bor qöl urgan xavorijlarni hazrati Ali (karramallohu vajhahu): “Bunday nodon yoşlar Qur'on öqisa, tilovatlari böğzidan nariga ötmaydi”, deya sifatlaganlar. Mana şu gapning öziyoq barça zamonlarda ham ularga ergaşuvçilarning Qur'on oyatlari va hukmlarini çuqur idrok eta olmasliklariga işoradir.
Islomda “Al-yaqinu la yazulu biş-şak” (Aniq narsa şak-şubha bilan yöq bölmaydi) degan qoida bor. Ya'ni, har bir narsa haqida aniq hujjat-dalil bilan hukm çiqariş kerak. Uşbu qoidaga köra, bir musulmonning olgan tahorati şak-şubhalar bilan buzilmaydigan bölsa, uning butun imoni va musulmonlik sifatiga qanday qilib gumon-taxminlar sababli til tekkiziş mumkin? Mazkur qoidaga binoan, agar uning imonda turgani aniq bölsa, joni ham, moli ham boşqalarga haromdir. Rasululloh (s.a.v.) vado hajida: “Uşbu şaharda (Makkada), uşbu oydagi (Zul-hijja) bugungi kunning (arafaning) hurmatlangani (haromligi) kabi qonlaringiz, mollaringiz va or-nomuslaringizga tajovuz qiliş ham bir-birlaringizga haromdir. Şohidlar şohid bölmaganlarga yetkazsin”, deganlar (Imom Muslim rivoyati). Şunday bölgaç, «zamona allomalari» qaysi hujjatga köra begunoh musulmonlarni kofirga çiqarib, ularni qatl etişga fatvo berişyapti ekan?!
Biz bu mulohazalarimiz bilan Islomda umuman “kufr, takfir” degan tuşunçalar yöq, demoqçi emasmiz. Çunki ba'zi oyat va hadislarda u yoki bu amal kufr deb atalgani Islom ta'limotlaridan biroz xabari bor kişiga yaxşi ma'lum. Lekin musulmonlarimiz bu borada jiddiy farqli tomonlar borligini yaxşi anglab olişlari kerak. Bu ham bölsa, biror amalni «kufr» deyiş bilan öşa amalni sodir etgan muayyan şaxsni kofirga çiqariş örtasida katta farq bor. Fikrimizni Payğambar alayhissalomdan rivoyat qilingan hadislar vositasida dalillaşimiz mumkin.
Imom Buxoriy hazrati Umardan (r. a.) rivoyat qilgan hadisda keltirilişiça, “Rasululloh (s.a.v.) davrlarida Abdulloh ismli kişi keltirilib, içkilik tufayli darra urildi. Söng yana bir kuni keltirilib, yana darra urişga buyurildi. Şunda töplanganlar içidan bir kişi: “Ey Alloh, uni dargohingdan (rahmatingdan) yiroq qil, juda köp keltirildi”, dedi. Şunda Rasululloh (s.a.v.): “Uni la'natlama, çunki men uni Alloh va Uning Rasulini sevişini bilaman”, dedilar. Boşqa bir hadisda içkilik tufayli jami ön kişini la'natlagan Payğambarimiz (alayhissalom) xuddi şu işni qilgan muayyan bir kişini la'natlaşdan qaytarib turibdilar.
Yoki Qur'onni «maxluq» deyiş kufr ekaniga Ahli sunna val jamoa ittifoq qilgan. Aynan şu masalada oğir sinovlarga uçragan mazhabboşi imom Ahmad ibn Hanbal biror kimsani uşbu söz tufayli kofir yo murtad böldi, xotini taloq, qoni halol böldi, demadi. U aksinça odamlarni şu zalolatga boşlagan hukmdor (xalifa) haqiga istiğfor va duolar qildi. Agar uni kofir hisoblaganlarida oyat va hadisga muvofiq uni duo qilişlari mumkin bölmas edi. Imom Ahmad va u kabi allomalarni Alloh bergan çuqur ilm, ötkir idrok va faqihlik bunday işlardan saqlagan edi.
Musulmon kişini biror gunohi yoki bilmasdan qilgan xatolari uçun kofirga çiqariş yoki köpçilik aholisi musulmon bölgan ölkalarni «kufr diyori» deb ataş dinimiz ta'limotlariga mutlaqo ziddir. Buyuk mazhabboşimiz imom Abu Hanifaning (rahmatullohi alayh) aqidaga oid “Fiqhul akbar” kitobida bayon etilgan quyidagi fikrlarini keltirib ötiş maqsadga muvofiqdir: “Biror musulmonni qilgan gunohi tufayli kofirga çiqarmaymiz, garçi u gunohi kabira bölsa ham. Başarti uni halol deb e'tiqod qilmagan bölsa, undan imon ismini ham olib taşlamaymiz, uni haqiqiy mömin deb atayveramiz. Uni fosiq mömin deb ataş mumkin, faqat kofir deb emas”.
Mazhabimizda mö'tabar sanalgan “Durrul muxtor” va uning şarhi “Raddul muxtor”da bunday yozilgan: “Islom diyori faqat mana bu uçta şart töplanganidan keyingina kufr diyoriga aylanadi: 1) Ahli şirk hukmlari yuritilişi bilan (şu joyning hoşiyasida: “Muşriklarning hukmi oşkor yuritilib, musulmonlarning heç bir hukmi yuritilmaganidan keyin kufr mamlakati böladi”. Demak, musulmonlarning hukmi ham, kofirlarning hukmi ham yuritilgan diyor kufr yurti sanalmaydi; 2) Islom diyori kufr mamlakatlariga qöşilib, birlaşib qolsa; 3) mamlakatda biror tinç va xavfsiz musulmon qolmasa”.
Uşbu uç şartning hammasi bir mamlakatda topilsa, u joy kufr mamlakatiga aylanadi. Agar bittasi yoki ikkitasi topilib, boşqasi topilmasa, Islom yurti bölib qolaveradi. Islom hukmlari deganda faqat siyosiy hukmlar emas, juma va hayit namozlarini barpo qiliş, muftiy va qozi saylab, unga ergaşişni buyuriş, haj safariga şaroit yaratib beriş kabi hukmlar ham tuşuniladi. Çunonçi, yuqoridagi kitobda yozilganiday, “Dorul harb (kufr yurti) musulmonlarning juma va hayitlariga öxşagan hukmlari yuritilişi bilan Islom yurtiga aylanadi, garçi u yerda kofirlar bölsa ham va Islom mamlakatiga qöşni bölmasa ham”.
Zamonamizning maşhur allomasi doktor Yusuf Qarazoviy bir musulmonni kofirga çiqariş xususidagi savolga quyidagi javobni bergan: “Kim Allohdan özga iloh yöq va Muhammad (alayhissalom) Uning Rasuli ekaniga qalbi bilan tasdiqlagan holda guvohlik bersa, u musulmondir. Unga tölaligiça musulmonlarga qilinadigan muomala qilinişi kerak”.
Bu dalillarga insof bilan yondoşadigan bölsak, mamlakatimiz Islom diyori ekaniga, musulmonlarimizning bari musulmon rahbarlar qöl ostida ekaniga aslo şak-şubha qolmaydi. Mamlakatimizda dinning aksariyat hukmlariga amal qilinmoqda, yurt rahbarlari özlarining mömin ekanlarini baralla aytiş bilan birga, özgalarni Islomda sobit turişga, boşqa dinlarga qöşilib ketmaslikka tarğib qilib turişibdi. Demak, bu yurtni johiliyat davriga öxşatib kufr diyori deya ataşga, xalqini kufrda ayblaşga heç qanday asos yöqligi oçiq ayon bölib turibdi.
Körinib turibdiki, inson ilmni qançalik çuqur egallasa, din ta'limotlarini teran anglaydigan bölsa, bir masalaga kirişişda, voqelikka baho berişda va xulosa çiqarişda şunçalik ehtiyotkor, e'tiborli böladi. Aksinça, ilmi qançalik sayoz va yuzaki bölsa, örgangan narsalarini töğri va teran fahmlamasa, bu kabi xatarli masalalarda fatvo berişga, xulosa çiqarişga jur'atli bölişi, haq yöldan adaşişi, zalolatga yuz burişi şunçalik osonlaşib qolar ekan. Alloh taolo bunday johillarga qarata: «Agar bilmasangiz, zikr ahlidan sörang» (Nahl, 43), deb ta'lim beradi.
Şu örinda mana şunday xatolarga yöl qöymaslikning muhim şartlaridan bölmiş diniy ilm, xususan aqida ilmini örganişda ustozni töğri tanlaş zarurati haqida ham töxtalib ötmoqçimiz. Bu borada eng yaxşi ustoz umrini şu bilimlarga bağişlagan, aqida va fiqh ilmlarini çuqur egallagan, Islom ta'limotlari haqida teran fikrlovçi şayx va ulamolardir. Ötmiş ulamolarimizning aytişlariça, «Oldinlari ilm kişilarning zehnida bölgan, keyinçalik u kitoblarga köçdi, lekin kalitlari özlarida qoldi».
Ya'ni, inson özi öqib-örganişi bilangina ilmni töla egallay olmaydi, u hamişa bir oqil ustozga muhtojdir. Imom Şotibiy “Muvofaqot” kitobida ilmni ustozlardan oliş barakoti haqida bunday yozadi: “Qançadan-qança masalalar borki, ilm toliblari ularni kitobdan öqib-yod oladi va doimo takrorlab yuradi-yu, ammo ma'nosiga tuşunmaydi. Agar öşa masalalarni olim kişi bayon etib-şarhlab bersa, darrov tuşunişadi. Bu tuşuniş talabaning aqli yetmagan joyni şayx izohlab berişi orqali yoki şunçaki ustoz oldida turgan talabaga Allohning marhamati sababidan hosil bölişi mumkin”. Bunga misol qilib sahobalarning Qur'onni tuşunişdagi holatlarini keltiriş mumkin. Ba'zi oyatlar nozil bölganida öziça tuşundim deb hisoblagan sahobiylar keyinçalik Rasulullohdan (s.a.v.) mazkur oyatda iroda qilingan ma'no boşqaça ekanini bilib olganlari ma'lum va maşhurdir.
Bulardan şu narsa ayon böladiki, dinimizning asl ta'limotlaridan ança çekinilgan bugungi kunda ayrim yoşlarimiz din va aqida xususida bir-ikki risolaça bilan tanişib olib yoki internet tizimidagi ba'zi saytlar keltirgan ma'lumotlarga tayanib, u yoki bu masalada özlarini olim sanaşga, hatto fatvo berişga ham jur'at qilişyapti. Bu bilan azaldan bir mazhab va sof aqidada tinç yaşab kelayotgan yurtimiz musulmonlari, xususan tengdoşlari ongini zaharlaşga urinişyapti. Ularning asl maqsadlari yaxşilik qiliş yoki din haqida jon kuydiriş emas, balki çetdagi homiylari işonçini va mablağini oqlaş yölida qilinayotgan fitna va buzğunçiliklardir. Har bir musulmon aqida ilmini yaxşi özlaştirişi, aqidada sobit bölişi zarurligi ayon böladi. Bejizga atoqli şoirimiz Söfi Ollohyor bunday yozmaganlar:
Aqida bilmagan şaytona eldur,
Agar ming yil amal deb qilsa, yeldur.
Xulosa sifatida şuni alohida ta'kidlaş lozimki, keyingi bir neça ön yillar mobaynida Islom ummati örtasida fitna va buzğunçilik uruğlarini sepişga harakat qilgan “Al-hijra vat-takfir” kabi firqalarning «darğa»lari özlarining bu fikrlari Ahli sunna val jamoa fikriy yönalişiga aslo töğri kelmaganini e'tirof etib, bu xato fikrlaridan qaytganlarini e'lon qilişdi. Ularning musulmon kişini «kofir»ga çiqariş, u yaşayotgan jamiyatni “johiliyat”ga nisbat beriş haqiqatan Islomning barhayot ta'limotlariga xilof ekanini keç bölsada oxiri tan olişlari va buni barçaga ma'lum qilişlari, öylaymizki, uşbu xato ğoya va fikrlarning izdoşlariga ham tölaligiça taalluqlidir. Şunday bölgaç, hozirgi holatimizni johiliyat davriga tenglab, unga jihod qiliş farz deb «fatvo» çiqarayotgan kimsalar bu qilmişlari bilan Islom ummatiga orasiga fitna solişayotgani, Islom birdamligiga putur yetkazişayotganini, musulmonlar tinçligi va osoyiştaligini buzib, fasodga yöl qöyişayotganini bir öylab körişsa, yomon bölmas edi.
Muallif: Aydarbek TULePOV,
Özbekiston musulmonlari idorasi raisi örinbosari
Manba: Mehrob.uz