Yaponlarning yangi Mitsubishi Regional Jet (MRJ) yölovçi samolyoti konditsiya tizimidagi muammo bartaraf etilgaç, AQŞga sinov parvozini boşladi. Bu haqda Kyodo xabar bergan.
Mitsubishi Aircraft Corporation kompaniyasi samolyoti Yaponiyaning Nagoya şahridan uçgan. Rejaga köra, samolyot avvaliga Xokkaydoda töxtaydi. Keyin Rossiya va Alyaskada ham yonilği töldiriş uçun qönadi.
Yakunda samolyot AQŞning Vaşington ştati hududidagi Grant Kaunti nomli xalqaro aeroportida töxtaşi rejalaştirilgan.
MRJ - yaponlarning ilk reaktiv yölovçi samolyoti bölib, u 2500 soat davomida uça olsa, xavfsizlik sertifikatini oladi.












