Yaponiyaning Mitsubishi kompaniyasi Yevropa uçun yangilangan Eclipse Cross krossoverini taqdim etdi.
Yangiliklar faqat avtomobilning texnik jihozlanişiga taalluqli. Jumladan, elektr krossover siğimi 67 kVt·soat bölgan akkumulyatorli yangi boşlanğiç versiyaga ega böldi. Avtomobil bir quvvatlanişda 472 km yöl bosa oladi. Çegirmani hisobga olganda, bunday modelning narxi 32 990 yevrodan (448 mln söm) boşlanadi.

Avvalroq Yevropada Eclipse Cross’ning bunday modifikatsiyasi mavjud emas edi va krossoverni faqat siğimi 87 kVt·soat bölgan akkumulyator bilan xarid qiliş mumkin edi. Uning minimal narxi 45 690 yevroni (620 mln söm) taşkil etgan.
Bu modifikatsiya örnini siğimi 89 kVt·soat bölgan batareyali model egalladi. Krossoverning yuriş masofasi endi 650 km ga yetadi. Uşbu avtomobilning narxi keyinroq eʼlon qilinadi.

Şuningdek, yangilangan Mitsubishi Eclipse Cross modernizatsiya qilingan elektr motor bilan jihozlandi, uning quvvati 215 ot kuçidan 220 ot kuçiga oşirildi. Har ikki modifikatsiya ham tez quvvatlantiriş tizimiga ega. Batareya quvvatini 15 foizdan 80 foizgaça töldiriş uçun mos ravişda 24 va 28 daqiqa vaqt ketadi.
Mitsubishi Eclipse Cross krossoveri Renault Scenic E-Tech modeli negizida yaratilgan bölib, Fransiyadagi zavodda işlab çiqariladi.

















