Xitoy janubida şaharlararo qatnovni amalga oşiruvçi 2 avtobus özaro töqnaşib ketişi oqibatida kamida 10 kişi halok böldi va 42 kişi turli darajadagi tan jarohatlari oldi.

Sina agentligi xabariga köra, bu YTH Guansi-Çjuan muxtor viloyati hududidagi Nannin okrugidagi yöllardan birida röy bergan. Avtobuslar Gunçjou-Kunmin şaharlari yönalişida bölgan.

Jarohatlanganlar şifoxonaga yetkizilgan, hodisa tafsilotlari örganilmoqda.