Air France aviakompaniyasining Mali poytaxti Bamakodan Parijga reysi siçqon tufayli 48 soatga qoldirildi. Siçqon qandaydir tarzda uçuvçilar kabinasiga kirib qolgan. Siçqonni tutişga ança vaqt talab qilingani uçun reys bekor qilindi. Ekipaj siçqonni tutişga uriniş davomida bir neça bor dam olişiga töğri kelgan. Siçqonga nima bölgani noma'lum.

Samolyotlar bortda siçqon bilan uçişi taqiqlanadi, çunki kemiruvçi samolyotdagi elektr simlar va boşqa kabellarga şikast yetkazişi mumkin. 

Reys yölovçilari mahalliy mehmonxonalarga joylaştirilganlar va uşlaniş uçun tovon puli oladigan böldilar. 

Parvoz, birinçidan, siçqon birorta muhim kabelni kemirganmi-yöqmi biliş uçun, ikkinçidan, aviakompaniyada Bamakoda keyingi kunga parvozni amalga oşiriş uçun yetarliça xodimlari bölmagani sabab 2 kunga uşlangan.  

Aviakompaniya vakili Kristof Pome yölovçilardan uzr sörab, ularning xavfsizligi hammasidan ustunligini aytgan. 

Samolyot 28 avgust keçki vaqt Parijga uçib keta olgan.