Özbekiston 2017-yil 1-yanvardan iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflaşning xalqaro tizimiga ötadi. Hujjatda qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Davlat statistika qömitasi Yevropa Ittifoqining iqtisodiy faoliyat turlarini statistik tasniflaş negizida işlab çiqilgan Özbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflaşini joriy qiladi.

Davlat boşqaruvi organlarining idoralararo özaro hamkorligida, statistika, soliq va moliyaviy hisobot şakllarida Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat toifalaş standartidan foydalanişi majburiydir.

Yuridik şaxslar haqidagi ma'lumotlarni saqlovçi va ular bilan işlovçi davlat organlarining axborot tizimlari va resurslarida Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagiçidan foydalanişini yölga qöyiş uçun, u “Elektron hukumat” tizimining ma'lumotlari va klassifikatorlari registriga kiritiladi.

Uşbu qaror 2017-yil 1-yanvardan kuçga kiradi.