Visual Capitalist tayyorlagan reyting Xalqaro valyuta jamğarmasining (XVJ) 2026-yil oktabrda eʼlon qilingan «Jahon iqtisodiyoti istiqbollari» hisobotiga asoslangan. Unda mamlakatlar 2027-yilda real yalpi içki mahsulotning (YAIM) kutilayotgan ösiş surʼatlari böyiça taqqoslangan.
Reytingda Iroq 19 foizlik ösiş prognozi bilan birinçi örinni egallagan. Keyingi örinlarda Qatar - 18,8 foiz va Kuvayt - 17,1 foiz bilan qayd etilgan.
Bu mamlakatlardagi yuqori ösiş surʼatlari iqtisodiy faollikning keskin qisqarişidan keyin kutilmoqda. XVJ 2026-yilda Iroq iqtisodiyoti 16 foizga, Qatarniki 15,6 foizga, Kuvaytniki esa 16,7 foizga qisqarişini prognoz qilgan. Şu sababli keyingi yildagi katta ösiş raqamlari asosan yöqotilgan işlab çiqariş hajmlarining tiklanişini anglatadi.
Yaqin Şarqda Eron bilan uruşdan keyin kutilgan tiklaniş neft va boşqa energetika resurslarini qazib oliş hamda eksport qiliş hajmini oşirişi mumkin. Biroq bu ssenariy Hörmuz böğozi orqali kema qatnovi qançalik tez tiklanişiga boğliq.
Hisob-kitoblarda böğozdagi qatnov 2027-yil mart oyidan bosqiçma-bosqiç tiklana boşlaşi, oktabrga borib esa taşiş şaroitlari asosan uruşdan oldingi holatga qaytişi nazarda tutilgan.
Yaqin Şarqdan taşqarida eng yuqori körsatkiçlardan biri Gayanada kutilmoqda. Mamlakat 16,8 foizlik ösiş prognozi bilan reytingda törtinçi örinda turibdi. Uning iqtisodiyoti dengizda neft qazib oliş hajmining kengayişi hisobiga tez ösişda davom etmoqda.
Vyetnam va Hindiston ham eng tez ösuvçi iqtisodiyotlar qatoriga kirgan. Vyetnamda YAIM 7,5 foizga, Hindistonda esa 7 foizga oşişi prognoz qilinmoqda. Vyetnamda ösişni sanoat mahsulotlari eksporti, Hindistonda esa içki isteʼmol qöllab-quvvatlaşi kutilmoqda.
Reytingga kiritilgan mamlakatlar orasida iqtisodiyoti qisqarişi prognoz qilingan uç davlat bor. Boliviyada YAIM 1,5 foizga, Ekvatorial Gvineyada 1 foizga, Haitida esa 0,5 foizga kamayişi kutilmoqda.
Bir qator yirik rivojlangan mamlakatlarda ham ösiş sust bölişi prognoz qilingan. Italiya, Fransiya va Yaponiyada iqtisodiy ösiş 1 foizga ham yetmasligi mumkin. Germaniya uçun 1,1 foiz, Buyuk Britaniya uçun esa 1,2 foizlik ösiş kutilmoqda.
Yevropada energiya resurslarining qimmatligi isteʼmol va sanoat faolligini çeklamoqda. Xitoy eksportçilari bilan raqobatning kuçayişi ham Yevropa Ittifoqi iqtisodiy ösişini 2028-yilgaça sekinlaştiruvçi omil bölib qolişi kutilmoqda. Yevropalik işlab çiqaruvçilar içki bozorda ham, xorijda ham kuçli raqobatga duç kelmoqda.












