Qirğiz Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev, özining siyosiy raqiblari tomonidan ilgari surilayotgan ayblovlarni inkor etdi. U, mamlakat Mustaqillik kuni bilan sözlagan ma'ruzasida şu haqda fikr bildirgan.
"Konstitutsiyani isloh qiliş mavzusiga töxtalişga majburman. Çunki, köplab siyosatçilar meni turli jinoyatlar, xususan hokimiyatni kuç bilan egallab olişda ayblaşmoqda", - degan Atambayev.
Uning sözlariga köra, bularning bari "oçiq yolğondir". Atambayevning fikriça, uning siyosiy raqiblari, 2010-yilda qabul qilingan konstitutsiyaga muvofiq, respublikada parlament boşqaruvi tartibi joriy qilinganini aytişadi.
"Aslida gap prezidentlik-parlament şakli haqida bormoqda. Va mazkur konstitutsiyada totalitarizm uçun barça asoslar saqlanib qolgan. Şu sabab uni özgartiriş kerak", - deb ta'kidlagan Qirğiziston rahbari.
Atambayev, şuningdek, özining ayrim sobiq siyosiy safdoşlarini ham ayblagan.
Uning işonç bildirişiça, u raqiblarining "inson sifatida qörquvlarini töğri tuşunadi". Endilikda, muxolifat vakillari, Atambayev Konstitutsiya böyiça referendum vositasida öz vakolatlarini kengaytirib oladi, degan xavotirlarni bildirişmoqda.
"Biroq, men prezidentlik lavozimini yana bir muddat boşqariş, boş vazir yoki parlament spikeri böliş niyatida emasman", - deb ta'kidlagan davlat yetakçisi.












