Rio-de-Janeyro şahrida ötkazilgan Yozgi Olimpiya öyinlarida Namangan boks maktabi tarbiyalanuvçisi Murodjon Ahmadaliyev bronza medalini qölga kiritdi.

Boksçiga mazkur yutuği uçun Prezident tomonidan "Malibu" avtomaşinasi sovğa qilindi. Bu haqida Namangan viloyat hokimligining axborot xizmati xabar qildi.

30 avgust kuni uşbu avtomaşinada poytaxtdan yölga otlangan Murodjon Ahmadaliyev Namanganda bayramona kayfiyatda, olqişlar bilan kutib olindi. Namangan viloyati hokimligida ğolib sportçini şaraflaş marosimi taşkil qilindi. Unda viloyat sport jamoatçiligi vakillari, ustoz murabbiylar, sportçi yoşlar iştirok etdi.

Viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a'zosi Xayrullo Bozorov yiğilganlarni istiqlolning 25 yillik bayrami bilan samimiy tabrikladi. Murodjon Ahmadaliyevni eng nufuzli sport musobaqasida erişgan bronza medali, "Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan sportçi" faxriy unvoniga sazovor bölgani bilan qutladi.

Tantanali marosimda iqtidorli boksçiga viloyat hokimligi tomonidan Namangan şahrining Boburşoh köçasida barpo etilayotgan köpqavatli uydan ikki xonali xonadon kaliti berildi. Sportçining ota-onasi Qahhorjon Ahmadaliyev, Oyşaxon aya Fayozovaga, 77 yoşli buvisi Töxtaxon aya hamda ustoz-murabbiylari Ilhomjon Mirzaholov, Qobiljon Karimovga qimmatbaho esdalik sovğalari topşirildi.