Davlat xavfsizlik xizmati xabariga köra, tezkor tadbir DXXning Jizzax va Namangan viloyatlari böyiça boşqarmalari hamda bojxona organlari hamkorligida ötkazilgan.

Unda 20 ming, 50 ming, 100 ming va 200 ming söm nominaldagi qalbaki banknotlarni tayyorlaş va sotiş holati foş etilgan.

Pop tumanida yaşovçi, 1989-yilda tuğilgan hamda Izboskan tumanida istiqomat qiluvçi, 1999-yilda tuğilgan ikki şaxs 37,4 mln sömlik qalbaki pulni şartli xaridorga sotayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Ularni şaxsiy tintuv qiliş va boşqaruvidagi «Lasetti» avtomobili salonini tekşiriş jarayonida jami yana 6,4 mln sömlik qalbaki pul borligi aniqlangan.

Tezkor tadbir davomida izboskanlik fuqaroning yaşaş xonadoni ham közdan keçirilgan. U yerdan qöşimça 7,7 mln sömlik qalbaki pul topilgan.

Şuningdek, xonadondan turli kupyuralar tasviri çop etilgan 145 dona oq qoğoz, kompyuter, rangli printer va boşqa aşyolar protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.

Holat yuzasidan mazkur şaxslarga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov doirasida ularning ehtimoliy jinoiy aloqalarini aniqlaş çoralari körilmoqda.