Boş prokuratura huzuridagi departament maʼlumotiga köra, tezkor tadbir uning Namangan viloyati boşqarmasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamkorligida ötkazilgan.

Tadbirda Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasi xodimi X.D. va fuqaro B.A. aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Qayd etilişiça, ular özaro til biriktirib, fuqaro M.E.ga Mingbuloq tumanidagi 40 sotix yer maydonini auksion savdolarisiz uning nomiga rasmiylaştirib berişni vaʼda qilgan. Buning evaziga 11 500 dollar olayotgan vaqtda qölga olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddalari hamda 28, 211-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.