24-29 avgust kunlari Özbekiston Respublikasi va Qirğiziston Respublikasi Özbekiston-Qirğiziston Davlat çegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş masalalari böyiça Hukumat delegatsiyalarining işçi guruhlari Özbekiston-Qirğiziston Davlat çegarasining ayrim uçastkalarida qöşma dala tekşiruvlarini ötkazişdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qiladi.
Uçraşuvlar va muzokaralar yakunlariga köra qöşma protokol imzolandi. Özbekiston-Qirğiziston Davlat çegarasining ötiş çiziği borasidagi mavjud masalalarga tomonlar uçun maqbul yeçim topiş maqsadida dala tekşiruvlarini davom ettirişga kelişib olindi.












