AQŞ harbiy havo kuçlari (HHK) 2040-yillarda paydo böladigan bölajak qiruvçisiga talablarni işlab çiqişga kirişdi. Bu haqida Defense News xabar berdi.
NGAD (Next Generation Air Dominance) va PCA (Penetrating Counter Air) deb nomlangan samolyot loyihalari dastlabki muqobil bosqiçda. Loyihalarga doir işlar Rayt-Patterson aviabazasida (Ohayo ştatida) “2030 yilda havoda hukmronlik qilişga oid muammolarni tadqiq qiliş guruhi bilan hamkorlikda” (Air Superiority 2030 ECCT) olib borilgan.
Manbaga köra, bunday samolyotni 2040 yildan erta yaratib bölmaydi. Şunga qaramay, ba'zi harbiylarning ta'kidlaşiça, bu işni bort tizimlarini parallel loyihalaştiriş va modellaştirişni keng qöllaş hisobiga tezlaştiriş mumkin.
Bu guruhni boşqaruvçi brigada generali Aleksus Grinkeviçning ma'lum qilişiça, HHK hozirça “oltinçi avlod” yoki “keyingi avlod” kabi iboralarni qöllaşga şoşilmayapti. Ular gap oldingilaridan keskin farq qiluvçi ma'lum bir platforma haqida emas, jangovor tizim tarmoği haqida ketayotganini ta'kidlaşdi.
Uşbu tarmoqqa raqib hududiga ötmasdan zarba berişga qodir uçuvçi qurilmalardan taşqari, bir qator kibertizimlar, kosmik tizimlar, şuningdek radioelektron kuraş vositalari kiradi. Grinkeviçning sözlariga köra, bu uçuvçilar örgangan oddiy qiruvçi samolyot emas.
Kelajakning köp maqsadli NGAD qiruvçi samolyoti F/A-XX belgisi ostida ham tanilgan. Birinçi navbatda, u F/A-18 samolyotlarining örnini bosişi kerak, şu bois asosiy manfaatdor tomon – flot aviatsiyasi. Boeing korporatsiyasi 2013 yilda uşbu loyiha asosida işlab çiqişga tayyor samolyot konsepsiyasini namoyiş qilgan.












