Zimbabvedagi milliy boğlar boşqarmasi mamlakat hududidagi 700 karkidonning şoxi ularni brakonerlardan himoya qiliş uçun kesib taşlanişini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Aware yovvoyi tabiatni muhofaza qiliş jamğarmasi.
"Biz agar brakonerlar Zimbabvega kelsa, ular möljallayotgan narsalarini ololmasliklarini tuşunişlarini istaymiz. Barça karkidonlarning şoxlari olib taşlanadi", deb aytdi jamğarmaning Zimbabvedagi direktori Liza Marabini.
Uning aytişiça, bir karkidonning şoxini kesiş 1,2 ming dollarga aylanadi. Hammasi bölib mamlakat yovvoyi tabiat boğlarida 100 karkidon, qolganlari esa turli xususiy qöriqxonalarda saqlanadi.
Reuters axborot agentligi ma'lumotlariga köra, ötgan yili brakonerlar Zimbabveda 50 karkidonni öldirgan. Hammasi bölib Afrikada 2015 yilda 1305 karkidon yöq qilingan.
Karkidonlar şoxi an'anaviy afrika tibbiyotida faol qöllanadi. Bu şoxlarning sotilişi 1977 yilda butun dunyoda taqiqlangan. Zimbabveda bu jonzotni öldirganlik uçun 9 yillik qamoq jazosi közda tutilgan.












