Zimbabveda şerlar yaşaydigan qöriqxonada beş kun davomida qolib ketgan sakkiz yoşli bola tirik holda topildi, deb xabar beradi BBC.

Mamlakat parlamenti a’zosining sözlariga köra, Tinotenda Pudu ismli bola uyidan 23 kilometr uzoqlikdagi Matusadona qöriqxonasiga sayrga borgan. Qöriqxona içida adaşib qolgan bola beş kun davomida şerlardan yaşirinib, yovvoyi mevalarni tanovul qilgan holda omon qolgan.

Ta’kidlanişiça, Matusadona qöriqxonasida 40 ga yaqin şer mavjud. African Parks ma’lumotlarida keltirilişiça, uşbu qöriqxona qaçonlardir Afrikadagi şerlarning eng ziç populyatsiyasi kuzatilgan maskan bölgan.

Bola tirik qoliş uçun yovvoyi tabiatda jon saqlaş böyiça bilimlarini işga solgan. Tinotenda içimlik suv oliş uçun tayoq yordamida quruq daryo özanlarida kiçik quduqlar qazigan — bunday usulni u qurğoqçil hududda yaşagani bois örgangan.

Nyaminyami mahalliy jamoati a’zolari qidiruv guruhini taşkil etib, har kuni dömbira çalgan holda bolaning uyga qaytişiga imkon yaratgan. Oxir-oqibat bolani qöriqxona kuzatuvçilari topişga muvaffaq bölgan.

Deputatning sözlariga köra, yovvoyi tabiatdagi «sayohati»ning beşinçi kunida Tinotenda maşina ovozini eşitib qolgan va u tomon yugurib borgan.

Qöriqxona maydoni 1470 kilometr kvadratdan ortiqni taşkil etib, u yerda zebralar, fillar, begemotlar, şer va antilopalar yaşaydi.