Zimbabve prezidenti Emmerson Mnangagva ölim jazosini bekor qiliş töğrisidagi qonunni imzolandi, deb xabar beradi Euronews.

Yangi qonun nafaqat jinoyatçilarni ölimga hukm etişni taqiqlaydi, balki sudlarga oliy jazoga hukm qilingan barça mahbuslarning işlarini qayta körib çiqiş majburiyatini ham yuklaydi. Hisob-kitoblarga köra, hozirda mamlakatda 60 ga yaqin mahbus ölimga hukm qilingan. Uşbu jazo turi örniga umrbod qamoq jazosi va uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etiş kabi jazolar qöllanadi.

Qayd etilişiça, Zimbabveda ölim jazosi oxirgi marta 2005 yilda ijro etilgan. Mnangagva hokimiyat tepasiga kelganidan keyin bir neça bor öz prezidentlik vakolatlaridan foydalangan holda ölimga hukm qilinganlar jazosini umrbod qamoq jazosiga özgartirgan.

Mamlakatning amaldagi prezidentining özi 1960 yillarda, Zimbabve mustaqilligi uçun uruş davrida poyezdni portlatgani uçun ölimga hukm qilingan, ammo keyinroq jazo 10 yillik qamoq muddatiga özgartirilgan.

Keniya, Liberiya va Gana kabi Afrika davlatlari ham yaqinda ölim jazosini bekor qiliş yönalişida «ijobiy qadamlarni» taşlagan, ammo ular bu boradagi qonunni qabul qilganiça yöq.

Amnesty International ma’lumotlariga köra, dunyoning 113 ta davlatida ölim jazosi bekor qilingan. 2023 yilda dunyo böylab 1,2 ming kişi qalt etilgan — ularning aksariyati Eron va Saudiya Arabistoni hisobiga töğri keladi. Undan keyingi örinlarda Somali va AQŞ turibdi.