Xalqaro havaskor boksçilar uyuşmasi (AIBA) Rio-de-Janeyro Olimpiadasidagi e'tirozlar tufayli hakamlik tizimida islohotlar ötkazadi. Bu haqda TASS agentligi taşkilot rahbari Çing-Kuo Vuga asoslanib xabar qilgan.
Bundan oldinroq AIBA ijroiya qömitasi Rio Olimpiadasi yakunlariga köra bildirilgan e'tirozlarni körib çiqiş böyiça şoşilinç yiğiliş ötkazgandi. Turnir davomida bir neça bahslardagi hakamlar adolatsizlikda ayblangandi.
"AIBA yangi "yöl xaritasi"ga köra hakamlik tizimida islohotlar ötkaziladi. Xususan, turnirlar davridagi hakamlik optimallaştiriladi, şuningdek, hakamlarning tayinlaniş jarayoni özgartiriladi", degan taşkilot rahbari.












