Ğarb Ukrainadagi davlat töntaruvidan manfaatdor bölgan, deb aytdi Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya taşqi va mudofaa siyosati naşriga bergan intervyusida. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
"Ukrainada bölgan voqealar Ğarb bu töntaruvdan manfaatdor bölganini körsatadi. Ğarb buni tayyorlamaganini, xalq özi kötarilganini aytmoqda, biroq biz bunday emasligini bilamiz", deb aytdi Lavrov.
Lavrov, şuningdek, Ğarbning Ukraina hukumatiga Donbassga qarşi armiyani qöllaşga bergan ruxsati "tibbiy fakt" ekanligini ta'kidlab ötdi.












