Jahon çempionati 2018 sönggi saralaş bosqiçi doirasida Eronga qarşi bahsdan söng, Qatar terma jamoasi juma kuni Doha şahriga qaytib keldi va 6 sentabr kuni Jassim Bin Hamad stadionida ötkaziladigan Özbekistonga qarşi bahsga tayyorgarlik körişni boşladi.

Özbekiston terma jamoasi bilan bahsdan söng, Qatar, Janubiy Koreya, Suriya va Xitoyga qarşi maydonga çiqadi.

Qatar murabbiyi, Hose Karreno keçagi maşğulotdan söng Qatar futbol assotsiatsiyasi rasmiy saytiga intervyu berdi: Bu haqda ÖFF rasmiy sayti xabar berdi.

"Futbolçilarga Erondan qabul qilingan alamli mağlubiyatni unutişlarini va Özbekistonga qarşi bahsda bor kuçlari bilan öynaş kerakligini uqtirdik. Tarkib bilan boğliq heç qanday muammolar yöq. Futbolçilarning heç biri jarohatlanmagan. Har bir öyinçidan Özbekiston bilan böladigan öyinda foydalanişimiz mumkin. Şu örinda, muxlislardan bevosita stadiondan turib öz jamoalarini qöllab-quvvatlaşlarini söragan bölardim. Çunki, muxlislar öyinçilarimizning ruhiyatini kötarişdagi asosiy omildir”.

Eslatib ötamiz, Qatar terma jamoasi Jahon çempionati-2018 sönggi saralaş bosqiçida Eronga qarşi bahsda öyinning qöşib berilgan daqiqalarida Rizo Ğuçanajjot va Alirizo Jahonbahş tomonidan urilgan gollar evaziga Ozodiy stadionida mağlubiyatga uçragandi.

Manba: Tribuna.uz: