Eronning Toşkentdagi elçisi Muhammad Ali Iskandariy 2026-yil 23-oktabr kuni Taşqi işlar vazirligiga çaqirtirildi. Vazirlik matbuot kotibi Omonulla Fayzievning Kun.uzʼga maʼlum qilişiça, uçraşuvda Eron tomoniga Özbekistonning qatʼiy eʼtirozini ifodalovçi norozilik notasi topşirildi.

«Eʼtirozga Eronning xorijiy davlatlardagi bir qator diplomatik vakolatxonalari tomonidan X ijtimoiy tarmoğida Samarqand şahrining tarixiy-madaniy merosini biryoqlama va siyosiy maqsadlarda talqin qiluvçi materiallarning eʼlon qilinişi sabab böldi.

Uçraşuv davomida Samarqand, Buxoro, Xiva va Özbekistonning boşqa tarixiy şaharlari merosi köp asrlar davomida şakllangan boy va köp qirrali tarixiy-madaniy taraqqiyotning ajralmas qismi ekani taʼkidlandi. Samarqandning tarixiy-madaniy qiyofasi özbek xalqining köp asrlik tarixi, davlatçilik anʼanalari va madaniy taraqqiyotini aks ettirişi uqtirildi.

Image
Eronning Özbekistondagi elçisi Muhammad Ali Iskandariy / Foto: Kun.uz

Şuningdek, diplomatik vakolatxonalarning rasmiy axborot resurslarida eʼlon qilinadigan materiallar özaro hurmat va işonç tamoyillariga muvofiq bölişi, tarixiy-madaniy masalalarning siyosiylaştirilişiga olib kelmasligi lozimligi urğulandi.

Eron tomoniga tegişli postlarni diplomatik vakolatxonalarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan olib taşlaş hamda kelgusida bunday holatlarning takrorlanişiga yöl qöymaslik böyiça zarur çoralar köriş talabi bildirildi», deyiladi vazirlik rasmiysi taqdim qilgan axborotda.

Bundan taşqari, Özbekiston tomoni Eron bilan özaro hurmat va işonçga asoslangan munosabatlarni qadrlaşini bildirib, tarixiy-madaniy merosni biryoqlama talqin qilişga nisbatan prinsipial pozitsiyasini saqlab qolişini taʼkidlagan.

Özi nimalar bölgandi?

AQŞ davlat kotibi Marko Rubio Samarqandga taşrifi çoğida 19-oktabr kuni Registon maydonida, tarixiy obidalar oldida öz video bayonotini eʼlon qilgandi.