Andijon viloyati, Oltinköl tumani markazidagi Özbekiston respublikasining birinçi prezidenti Islom Abduğaniyeviç Karimovni xotirlaş uçun taşkil etilgan maydondan uç kundirki gul kötarib kelayotgan insonlar safi uzilmaydi.  

Bugun tuman hokimligi taşabbusi bilan sölim “Qumbozor” çoyxonasida marhumning xotirasiga özbekona urf-odatlarga binoan ehson oşi tarqatildi.

Tumanning barça hududlaridan kelgan nuroniy oqsoqollar, jamoatçilik vakillari iştirokida özbek xalqining suyukli yölboşçisi Islom Karimovga ehtirom bilan Qur'on xatm qilinib, u kişining haqqiga duolar qilindi.