Iordaniya poytaxti Oman şahrida oğir atletika böyiça 4-xalqaro Afro-Osiyo çempionati bölib ötdi. Özbekiston oğir atletika federatsiyasi mazkur musobqada qizlar terma jamoasi bilan iştirok etdi.
Oğir atletika böyiça Özbekiston erkaklar terma jamoasi Rio-de-Janeyroda XXXI yozgi Olimipiya öyinlarida muvaffaqiyatli iştirok etib, terma jamoa yetakçisi Ruslan Nuriddinov oltin medalni qölga kiritgan, Olimpiya öyinlari rekordini yangilagandi. Şu boisdan erkaklar terma jamoasiga nufuzli musobaqadan söng jismoniy holatlarini tiklab oliş uçun biroz dam berişga qaror qilgan federatsiya rahbarlari Iordaniyaga qizlar terma jamoasini olib ketişgandi.
Qizlar terma jamoasi ham Afro-Osiyo çempionatida muvaffaqiyatli iştirok etib özbek oğir atletika maktabi çindan ham qit'ada yetakçilardan ekanligini amalda isbotlay olişdi. Musobaqada iştirok etgan yetti nafar özbekistonlik sportçidan olti nafar sovrinli örinlarni qölga kiritdi.
Vazni 53 kg gaça bölgan sportçilar bellaşuvida Marina Sisoyeva, 69 kg oğirlikdagi qizlar bahsida Manzura Mamasoliyeva va 75 kg oğirlikka ega bölgan qizlar örtasida Omadoy Otaqöziyevalar uççala yönalişda, ya'ni dast kötariş, siltab kötariş va ikkikuraş bahslari yakunlariga köra uçtadan oltin medallariga sazovor bölgan bulsalar, siltab kötarişda yana bir hamyurtimiz Muattar Nabiyeva barça raqiblarini ortda qoldirib oltin medali bilan taqdirlandi.
69 kg oğirlikdagi qizlar bahsida kumuş medal ham Özbekiston vakilasiga nasib etdi. Uşbu vazn toifasida oltin medalga Manzura Mamasoliyeva sazovor bölgandi. Şohsupaning ikkinçi poğonasidan esa yana bir özbekistonlik sportçi Gulnoza Axmatova örin egalladi. Gulnoza ham öz navbatida uççala yönalişda kumuş medallarini qölga kiritdi. Şuningdek, delegatsiyaning yana bir a'zosi Dalera Davronova bronza medali bilan taqdirlandi.
Musobaqa yakunlariga köra Özbekiston terma jamoasi a'zolari jami 4ta oltin, 1 ta kumuş va 1 ta bronza medallarini qölga kiritib, umujamoa hisobida 31 mamlakat orasida birinçi örinni egallaşdi va 4-xalqaro Afro-Osiyo çempionatining Boş mukofotiga sazovor bölişdi.
Şuni alohida ta'kidlaş kerakki, hozirda Özbekiston oğir atletika federatsiyasi yangi tört yillik Olimpiya sikliga ayollar terma jamoasini qaytadan şakllantirmoqda va 2020-yilgi Olimpiya öyinlarida ayollar terma jamoasi oldiga ham katta maqsadlar qöyilmoqda. Iordaniyadagi turnir esa uşbu siklda dastlabki sinov musobaqasi böldi. Ana şu tariqa Tokio Olimpiadasiga qadar terma jamoa tarkibi köplab xalqaro musobaqalar orqali şakllantirib boriladi.












