— Keksa ustoz Halim Abdurahmonov öquvçi Islomjonni bu qadar e'zozlaşining boisi nimada? – deya söradim maktab direktori Sayyora Malikovadan.
— Albatta, öqituvçi sinfda hammaga birday qaraydi. Hammaga birday ta'lim tarbiya beradi. Lekin hammaga birday mehr berolmaydi. Çunki, birovni birovga mehr boğlaşi Xudodan. Halim Abdurahmonov Islomjonni körsatib, bu bolada bir xislat bor, heç kimda yöq bir fazilat bor, şu bolani Xudoga yoqadigan bir jihati bor, deya hamişa aytib yurarkanlar. Bir kuni odamlar, u qanday fazilat, deya sörayvergaç, bir bölgan voqeani aytib bergan ekanlar. 1952-1953 yillar, hali Stalin tirik paytda, Islom Abduğaniyeviç 8-sinfni bitirib, yozgi ta'tilni tugatib, sinfdoşlari bilan Şahrisabzga borişni maqsad qiladi: “Mana şu toğning narigi tarafida Şahrisabz şahri bor. U yerda buyuk sarkarda bobom Amir Temur hazratlari tavallud topgan. Men öşa joylarni ziyorat etişim şart, – deydi. Tabiiyki, u paytlarda Amir Temurni ziyorat qiliş tugul, nomini aytişga odamlar qörqardi. Islom bu haqda sinfdoşlariga aytganda, sinfdoşlari tum-taraqay qoçib ketadi.
Men ham Islomjonni omon saqlaş uçun uni yöldan qaytarişga rosa urindim, yalinib yolvordim, qörqitdim, döq-pöpisa qildim, ammo barça harakatlarim zoye ketdi. Islomjon öşa yozda Şahrisabzga yayov borib keldi. Men bu haqda gap çiqmasligiga qança harakat qilsam ham butun maktab bu voqeadan voqif böldi. Men Islomjonni mardligiga tan berganman. Islomjon bobosi Amir Temurni ardoqlardi, unda Amir Temurning şijoati bor edi, şu sabab ham Islomjonni Amir Temurning ruhi bir umr qöllab kelgan bölsa ajab emas.
(Muhtaram öquvçi! Xudo şohid, uşbu sözlarni Sayyora Malikovadan qanday eşitgan bölsam şundayligiça sözma-söz yozayapman. Hozir yiğidan boşqa, töğri söz yozişdan boşqa heç narsa könglimga siğmaydi. Bu sözlar mening böynimdagi qarz sözlar edi. Muhtaram Prezidentimiz tirikliklarida bu sözlarni yozişim kerak edi. Ammo istihola qilganman. Kelinglar, tirikligimizda bir-birimizdan mehrimizni ayamaylik, muhabbatimizni izhor qilişdan tortinmaylik).
Şoir Muhammad Ismoil.
Manba: diydoraziz.uz











