Goldman Sachs investitsion banki öz xodimlari hamda hamkorlariga AQŞdagi ba'zi saylov kampaniyalarini moliyalaştirişni taqiqlab qöydi, deb xabar bermoqda AQŞ OAV. Xususan, gap AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi haqida ketmoqda.
Bankning 29 avgustdagi içki memorandumida "1 sentabrdan bankning barça hamkorlariga siyosiy faoliyatda iştirok etiş, mahalliy hukumat va ştat hukumati idoralariga nomzodi qöyilgan siyosatçilar hamda federal idoralarga nomzodi qöyilgan ştatlar hukumatining mahalliy idoralari amaldorlari kampaniyasiga xayriya qiliş taqiqlanadi" deyilgan. Bu qadam kelajakda amaldorlarga ta'sir körsatişga urinişlarning oldini olişga qaratilgan.
Fortune jurnalida ma'lum qilinişiça, Goldman Sachs "bank hamkorlari boşqa qöllab-quvvatlaşga huquqi yöq bölganlar misoli sifatida Tramp va uning safdoşi Maykl Pensning kampaniyasini alohida ta'kidlab ötgan".
Şu bilan bir vaqtda bank memorandumi AQŞ prezidenti lavozimiga boşqa bir nomzod – Xillari Klinton foydasiga xayriya qilişni taqiqlamaydi.












